17 noyabrdan 18 noyabrga o‘tar kechasi Farg‘ona tumani Gulshan MFY Samo ko‘chasidagi uylarning birida istiqomat qiluvchi 62 yoshli X.A (erkak) va birga yashovchi 31 yoshli o‘g‘li X.B yashash xonadonida is gazidan zaharlanish natijasida hodisa joyida vafot etdi. Bu haqda Farg‘ona viloyat IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tergov tezkor guruhi hodisa joyida ishlamoqda, voqea tafsiloti yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi,deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Narpay tumanida bir oilaning 4 nafar a’zosi, Urgut tumanida bir ayol va uning ikki voyaga yetmagan farzandi is gazidan zaharlanib vafot etgani xabar qilingan edi.

Shuningdek, 2020 yilda mamlakat bo‘yicha 93 kishi is gazidan vafot etgan.