2022 yil dunyo vaksina bozorida BioNTech/Pfizer va Moderna kompaniyalari ningetakchi bo‘lishi prognoz qilindi

AQShning Moderna va Pfizer hamda uning Germaniyadagi hamkori BioNTech kompaniyalarining 2022 yilda vaksinalar bozorida ustunlik qilishi kutilmoqda. Financial Times nashri ma’lumotlariga ko‘ra, rivojlanayotgan mamlakatlarga vaksina yetkazib berish hajmining o‘sishi tufayli savdo miqdorining 90 mlrd dollardan oshishi prognoz qilinmoqda. Kelgusi yilda vaksina ishlab chiqaruvchi BioNTech/Pfizer va Moderna kompaniyalari Xitoy bozorlaridan tashqari COVID-19 ga qarshi vaksinalar bozorining to‘rtdan uch qismini nazorat qiladi.

Ularning raqobatchilari sifatida shved-britaniya komraniyasi AstraZeneca, amerikalik Johnson & Johnson, Rossiyaning Sputnik V ishlab chiqaruvchilari aytilmoqda. Shuningdek, AQShning Novavax kompaniyasi kabi yangi bozor ishtirokchilari ham raqobatbardosh bo‘lishi kutilmoqda. Vaksina bozorining umumiy savdo hajmi esa 124 mlrd dollarga baholanmoqda — TACC.


Eron yadroviy bitimga qaytishi uchun AQShga hech qanday shart qo‘ymaganini ma’lum qildi

Eron tomoni AQShga yadroviy bitimga qaytishi uchun hech qanday shart qo‘ymagan. Bu haqda dushanba kuni Eron tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Said Xatibzoda matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

«Biz hech qachon AQSh uchun oldindan shartlar qo‘ymaganmiz, chunki ular JCPOAtarkibiga kirmaydi», — dedi u.

Vakilning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar (Vena yadroviy bitimi bo‘yicha) davom etadi va bu masala bo‘yicha qaror qabul qilish jarayoni yakunlangan. «Ayni paytda biz Vena muzokaralarining oldingi olti raundida yuzaga kelgan tushunmovchiliklarni o‘rganmoqdamiz», — deya qo‘shimcha qildi u. Bundan tashqari, Xatibzoda Eron va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi muzokaralar Bryusselda bir necha kun davom etishini tasdiqladi.

Payshanba kuni Eron Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ali Bageriy Tehronda Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar bo‘yicha bosh kotibi o‘rinbosari Enrike Mora bilan muzokara o‘tkazdi. Ular JCPOA`ga qaytish bo‘yicha kelishuvni imozoladi. Tomonlar yaqin kunlarda Bryusselda muzokaralarni davom ettirishga kelishib olgandi — TACC.


NATO`ning Rossiyadagi axborot byurosi faoliyati to‘xtatiladi — Rossiya TIV

«NATO harakatlariga javoban biz NATO`dagi bosh harbiy vakolatxonamiz ishini to‘xtatamiz. Balki 1 noyabrdan, yoki yana bir necha kundan keyin. Ikkinchidan, biz NATO`ning Moskvadagi harbiy aloqa missiyasi faoliyatini to‘xtatamiz, uning xodimlarini akkreditatsiyasi joriy yilning 1 noyabridan boshlab bekor qilinadi. Uchinchidan, NATO`ning Moskvadagi Belgiya Qirolligi elchixonasida tashkil etilgan axborot byurosi faoliyati tugatilmoqda», — dedi Sergey Lavrov dushanba kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Lavrovning ta’kidlashicha, agar NATO`ning shoshilinch masalalari bo‘lsa, ular bu masalada Rossiyaning Belgiyadagi elchisiga murojaat qilishlari mumkin. Shuningdek, Rossiyaning javob choralari to‘g‘risida NATO`ning xalqaro kotibiyati allaqachon xabardor qilingan.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 6 oktabr kuni NATO 1 noyabrdan boshlab Rossiyaning NATO`dagi doimiy vakolatxonasining sakkiz nafar xodimining akkreditatsiyasini bekor qilganini rasman e’lon qildi. NATO ushbu missiyadagi Rossiya akkredatsiyasi umumiy sonini o‘n kishigacha qisqartirgan edi — Interfaks.


AQSh va Gruziya mudofaa bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin va uning gruziyalik hamkasbi Juansher Burchuladze dushanba kuni Gruziya uchun mudofaa choralarini kuchaytirish bo‘yicha bitim imzoladi.

«Men bugun Gruziya mudofaa vaziri bilan birgalikda Gruziya uchun mudofaa choralarini kuchaytirish tashabbusini e’lon qilish sharafiga ega bo‘ldim. Bu tashabbus AQSh va Gruziya mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi xavfsizlik sohasidagi hamkorlikning yuqori bosqichi bo‘ladi», — dedi Ostin hujjat imzolangandan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Qayd etilishicha, tashabbus ikki komponentdan: mudofaa bo‘limi va uning tuzilmalarini institutsional mustahkamlashda gruzin tomonini qo‘llab-quvvatlash hamda brigada darajasidagi qo‘shma mashqlar orqali armiya imkoniyatlarini rivojlantirishdan iborat bo‘ladi.

Gruziya va AQSh 1992 yildan buyon siyosat, iqtisod, savdo va 1990-yillarning oxiridan mudofaa va xavfsizlik sohasida hamkorlik qilib kelmoqda.

Shuningdek:

  • AQShning sobiq davlat kotibi Kolin Pauell 85 yoshida yangi koronavirus keltirib chiqargan kasallik ta’siridan vafot etdi. Pauell 2001−2005 yillarda AQShning 43-prezidenti kichik Jorj Bushning ma’muriyatida davlat bosh kotibi bo‘lib ishlagan. U Amerika tashqi siyosat bo‘limini boshqargan birinchi afroamerikalik hisoblanadi — TACC.

Bayden va uning rafiqasi Vashingtonda niqob rejimi qoidalarini buzdi

AQSh prezidenti Jo Bayden va uning rafiqasi Jill Vashington meri talabini buzishdi. Unga ko‘ra, odamlar koronavirusga qarshi emlanganmi yoki yo‘qligidan qat’i nazar, yopiq joylarda tibbiy niqob taqishlari kerak.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda qanday qilib Bayden Vashingtondagi restoran koridorida niqobsiz yurgani, biroq prezident qo‘riqchilari va muassasa xodimlari yuzlarida niqob taqib yurgani tasvirlangan. Shu bilan birga, Bayden qo‘lida tibbiy niqobni ushlab turgan.

Ma’lum bo‘lishicha, talablarni buzganlik uchun jarimadan tortib litsenziyani bekor qilishga qadar har qanday sanksiyalar qo‘llanilishi mumkin. Biroq, shahar merining ijro etuvchi buyrug‘iga ko‘ra, bu qoida federal hukumat vakillari navbatchilik paytida bo‘lgan holatlarda qo‘llanilmaydi — Ria Novosti.