UzAuto Motors kompaniyasi 2022 yilgi yangi Chevrolet Captiva krossoverini to‘rtta komlektatsiyada sotishni boshladi.

Avtomobil 1,5 litrli turbo dvigatel, 10,4 dyuymli sensorli ekran, avtomatik uzatmalar qutisi, elektr ruli bilan jihozlangan.

Yangi Chevrolet Captiva uchun shartnomani Chevrolet vakolatli dilerlik markazlari orqali tuzish mumkin.

Avtomobil modellari va ularning narxlari (narxlar QQSsiz ko‘rsatilgan):

  • boshlang‘ich LT komplektatsiya: 192 775 000 so‘m;
  • LT komplektatsiya 5 o‘rinli: 238 086 957 so‘m;
  • LT komplektatsiya 7 o‘rinli: 244 782 609 so‘m;
  • Premier komplektatsiya 7 o‘rinli: 269 478 261 so‘m.

Kompaniya xabariga ko‘ra, boshlang‘ich LT va LT 5 komplektatsiyasidagi 5 o‘rinli avtomobilni sotib olish istagida bo‘lgan xaridorlar, kompaniyaning rasmiy dilerlarida ariza qoldirishlari yoki rasmiy sayt info@uzautomotors.com orqali onlayn tarzda ariza yuborishlari mumkin. To‘plangan arizalarning soniga qarab, kompaniya ushbu avtomobilning yetkazilib berilishini ta’minlaydi.

Ushbu xabar nashr qilingan paytda Chevrolet Captiva uchun navbat allaqachon UzAUTO Savdo tizimida shakllangan edi. Xususan, Premier to‘plami uchun buyurtmalar 200 donadan oshdi. Taxminiy yetkazib berish muddati 2022 yil yanvar oyining oxirida ko‘rsatilgan.

Captiva modeli O‘zbekiston bozoriga 2007 yilda kirib kelgan. Birinchi marta mashinani katta blokli yig‘ish 2007 yil oktabr oyida boshlangan, 2011 yilning cyentyabr oyida va 2017 yilning fevralida model yangilangan. Shuningdek, 2018 yilning cyentyabrida Captiva ishlab chiqarilishi to‘xtatilgandi.