Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti (FTTI) joriy yildan farmatsevtika sohasida faoliyat yuritishni maqsad qilgan yoshlar uchun qabulni boshladi.

Institutda ta’lim jarayoni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan laboratoriyalarda yuqori salohiyatli professor-o‘qituvchilar hamda xorijdan mutaxassislarni jalb etilgan holda yangi pedagogik va axborot texnologiyalari asosida olib boriladi. FTTIda tahsil olgan bitiruvchilar turli mulkchilik shaklidagi dorixonalarda, dori vositalarini ishlab chiqarish korxonalarida, nazorat tahlil laboratoriyalarida, sud-kimyo ekspertizasi laboratoriyalarida va boshqa farmatsevtika sohasidagi muassasalarda faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


Xukumat tomonidan nodavlat ta’lim muassasalari uchun yaratilgan sharoit va imtiyozlar asosida institut jamoasi farmatsevtika sohasida eng so‘ngi yangiliklardan boxabar, yetuk mutaxassis bo‘lishni orzu qilgan iqtidorli mahalliy va xorijiy talabalarni qabul qilishni niyat qilgan. Institut abituriyentlarga 2021−2022 o‘quv yilida quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qish imkoniyatini taqdim etadi.


Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:

  • Farmatsiya (turlari bo‘yicha) — besh yil;
  • Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) — to‘rt yil.

Magistratura mutaxassisliklari — ikki yil:

  • Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish;
  • Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;
  • Dorilarning sanoat texnologiyasi;
  • Dori vositalari va preparatlar texnologiyasi;
  • Eksperimental va sport farmakologiyasi.

Xujjatlar onlayn va oflayn qabul qilinadi.


2022−2023 o‘quv yilidan faoliyatini boshlaydigan bino

Murojaat uchun telefonlar: (+998) 97−137−00−50, (+998) 97−138−00−50, (+998) 55−503−34−35, (+998) 55−503−35−34.

Manzil: Yunusobod tumani, 19 mavze, 46 uy.
Oriyentir: Uz Mal Oil yoqilg‘i quyish shoxobchasi, Carrefour supermarketi.

Telegram: (+998) 97−137−00−50.

Instagram: @ftti.uz
Sayt: ftti.uz
E-mail: iper@ftti.uz

Reklama huquqlari asosida.