O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati taraqqiyotining asosiy shartlaridan biri tuzilgan tashkilotlar, o‘tkazilayotgan tadbirlar va ko‘rsatilayotgan aniq ijtimoiy xizmatlar nuqtai nazaridan ham, davlat idoralari va tadbirkorlik sektori o‘rtasidagi barqaror hamkorlik munosabatlariga erishish va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish nuqtai nazaridan qaraganda ham nogironlar manfaatlarini ifodalovchi hamda himoyalovchi jamoat tashkilotlari faoliyati hisoblanadi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasida 78 dan ortiq NNT faoliyat ko‘rsatmoqda va ularning barchasini nogironlarning hayot sifatini yaxshilash istagi birlashtirgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 700 mingdan ortiq nogironlar, jumladan, 16 yoshgacha bo‘lgan 100 mingdan ortiq nogiron bolalar yashaydi.


O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi arafasida Enter Engineering kompaniyalari guruhi tomonidan Chilonzor tumanidagi «Mehribonlik» nogironlarga ijtimoiy ko‘maklashish jamiyati uchun xayriya tadbiri tashkil etildi. Mazkur jamiyat ayni kunda 150 nafar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va himoyaga muhtoj nogironlar (jamiyat a’zolari), kam ta’minlangan oilalar, nogiron bolalarni birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi. Jamiyatda tez-tez madaniy-ommaviy tadbirlar tashkil etilib, a’zolarga davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan ajratilgan turli mahsulotlar va kundalik hayot uchun zarur bo‘lgan vositalar ulashiladi.

Xayriya maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari, yotoq jamlanmalari va gigiyenik vositalar, ikkita zamonaviy nogironlar aravachasi xarid qilindi va «Mehribonlik» NNT ixtiyoriga topshirildi.


Insonparvarlik yordamini topshirishga bag‘ishlangan tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, sakkiz karra Olimpiada ishtirokchisi va jamoa hisobida Olimpiada g‘olibi (1992 yil), Osiyo chempioni — afsonaviy sportchi Oksana Chusovitina ishtirok etdi.

Jismoniy imkoniyatlari cheklanganiga qaramasdan bolalarning aksariyati sport bilan shug‘ullanishar ekan. Oksana Aleksandrovnani qarshi olish paytidagi his-hayajonni so‘z bilan ta’riflash qiyin, bolalar zavq-shavq bilan sportchini qarsak chalib (hatto, bu ular uchun oson bo‘lmas-da) olqishladilar. Barcha yig‘ilganlarning chehrasi quvonch va havasdan yorishib ketdi.


«Enter Engineering kompaniyasining bunday xayrli tadbirida qatnashish men uchun katta sharaf. Ana shunday ezgu tadbirlar tufayli ko‘pchilik yordamga muhtoj kishilarning turmush sharoiti yaxshilanmoqda.

Mening hayotim hamisha sport bilan bog‘liq bo‘lgan. Lat yeyish, jarohatlar faoliyatimda juda ko‘p yuz bergan. Jiddiy lat yegan paytimda «bo‘ldi, sportdagi faoliyatimni tugataman», deb o‘ylagan paytim ham bo‘lgan. Tasodifan, xuddi shu paytda men jismoniy imkoniyati cheklangan bolalarning sport bilan shug‘ullanayotgani haqida hujjatli filmni ko‘rib qolganman. Filmda nogiron bolalarning qat’iyat va iroda bilan o‘z maqsadi sari, g‘alaba sari intilishi hikoya qilingan edi. Ko‘rganlarim mening oyoqqa turishim hamda sport bilan shug‘ullanishni davom ettirishim uchun ajoyib motivatsiya bo‘lgan. Sizlar ham o‘z hayot yo‘lida yangi yutuqlar va g‘alabalar sari intilayotgan irodali va qiziquvchan insonsiz. Men uchun siz — haqiqiy qahramonsiz", — Oksana Aleksandrovna so‘zga chiqib, o‘z nutqida quyidagilarni alohida ta’kidladi.

«Mehribonlik» jamiyatining har bir a’zosi nomidan Enter Engineering kompaniyalari guruhi va shaxsan Oksana Aleksandrovna Chusovitinaga chuqur minnatdorchilik bildiraman. Sizning bugungi tashrifingiz biz uchun haqiqiy bayram bo‘ldi. E’tibor va g‘amxo‘rlikka barchaga kerak albatta, lekin jismoniy imkoniyati cheklangan insonlarda bunday e’tiborga ehtiyoj, ayniqsa kuchli. Davlatimizning eng asosiy bayrami — Mustaqillik bayrami arafasida juda xayrli ish qildingiz. Biz kompaniyaga yanada ulkan muvaffaqiyatlar va mislsiz taraqqiyot tilaymiz", — o‘z fikrini Nargiza Qo‘chqortoyeva (II guruh nogironi), «Mehribonlik» NNT raisi muovini bildirdi.

Reklama huquqlari asosida.