11 avgustdan 12 avgustga o‘tar kechasi Yevropa Superkubogi doirasida “Chelsi” hamda “Vilyarreal” jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.

O‘yinning 27-daqiqasida Hakim Ziyesh gol urib, “Chelsi"ni hisobda oldinga olib chiqdi. 73-daqiqada Jerrard Moreno ham to‘p kiritdi va hisobni tenglashtirdi.

Mazkur hisob o‘yin so‘nggiga qadar o‘zgarmadi va uchrashuv penaltilar seriyasiga qadar bordi. Bunda “Chelsi” jamoasi 6:5 hisobida g‘alaba qozondi hamda Yevropa Superkubogi sohibi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” jamoasi Yevropa Chempionlar ligasida, “Vilyarreal” esa Yevropa ligasida chempion bo‘lgan edi.

Foto

Fotolar: gettyimages