«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda kechki ovqat uchun mazali va noodatiy taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Bedana tuxumili teftellar


Bedana tuxumi ushbu taomga o‘zgacha ta’m taqdim etib, uni yanada mazaliroq qiladi. Mahsulotlar oddiyligiga qaramay, taom noodatiy va qiziqarli bo‘lib chiqadi.

Yunoncha musaka


Musaka — bu dunyoning ko‘plab mamlakatlarida tanilgan yunon taomidir. Qavat-qavat bo‘lgan toblatma beshamel qaylasi bilan juda mayin va mazali bo‘lib chiqadi.

Nordon-shirin qaylada tayyorlangan tovuq va sabzavotlar


So‘nggi paytlarda tovuq go‘shtidan taom tayyorlash urfga aylandi. Bunday kechki ovqat nafaqat yengil, balki juda mazali hamdir.

Vegetariancha pasta


Vegetariancha pasta tayyorlashdan osoni yo‘q. Buning uchun faqatgina pomidorli qayla va spagetti bo‘lishi shart emas. Makaronlar barcha sabzavotlar bilan a’lo darajada uyg‘unlashadi.

Turkcha ratatuy


Qiymali ratatuy — bu oddiy taomning to‘yimli varianti bo‘lib, ushbu mazali yegulikni qiyma ajoyib tarzda to‘ldirib turadi.

Bayramona tovuqli rulet


Bedana tuxumlari solingan ushbu rulet har qanday dasturxonga ko‘rk beradi. Mazali ta’mi esa hech kimni befarq qoldirmaydi.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauztot
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15