31 iyul kuni O‘zbekistonda 889 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 130 216 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 123 995 (+831) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 31 iyulda 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 880 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, shanba kuni 512 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 10869 nafarga yetdi.

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 73 nafarga yetdi.