23 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 773 ta koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari qayd etilgan bo‘lib, umumiy kasallanish holatlari 123 559 nafarni tashkil etdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 507 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.


23 iyul kuni 659 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, sog‘ayganlar jami 117 962 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 826 nafarni tashkil qildi.

Ma’lumot uchun, bundan avvalgi antirekord 22 iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, unda 738 kishida koronavirus aniqlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.