«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda pishirishni talab etmaydigan sovuq desertlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

«Oreo» torti


«Oreo» pechenelaridan tayyorlanadigan juda mazali tortni tatib ko‘rishni taklif etamiz. Bunday desert ajoyib ko‘rinishga ega bo‘lib, hatto bayramona shirinlikni ham to‘liq o‘rnini bosa oladi.

«Kartoshka» pirojniysi


Pechenedan tayyorlanadigan «Kartoshka» pirojniylarini pishirish talab etilmaydi. Ushbu shirinliklar ham juda mazali, ham oson tayyorlanadi.

Tvorogli tort


Bunday mazali desert tayyorlash uchun gaz plitasi yonida turish shart emas. Tayyorlanishi esa juda oson — buning uchun bizga pechene, tvorog, banan va shokolad kerak bo‘ladi.

Shokoladli muss


Qaymoq va shokoladdan tayyorlanadigan oddiy va mayin desert retseptini taqdim etamiz. Tayyorlanishi uchun bir necha daqiqalar kerak bo‘lsa-da, mussning yaxshi qotishi uchun bir necha soat ketadi.

Vaflidan tayyorlangan malinali tort


Desertga biron-bir shirin narsa tayyorlash uchun issiqdan yoki shunchaki gaz pechi tepasida uzoq vaqt turish yoqmayaptimi? Unda ushbu retsept sizga as qotishi aniq.

Tvorogli chizkeyk


Oson tayyorlanadigan lazzatli va yumshoq chizkeyk. Ushbu «mo‘jiza» butun oila uchun ajoyib shirinlik bo‘la oladi.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauztot
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15