O‘zbekistonda bir nechta ijtimoiy tarmoqlar faoliyati vaqtinchalik cheklandi, deya xabar bermoqda «O‘zkomnazorat» axborot xizmati. Faoliyati cheklangan ijtimoiy tarmoqlar nomi ko‘rsatilmagan, ammo ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Twitter, TikTok va VKontakte faoliyatida uzilishlar bo‘layotganini aytmoqda.

Mazkur holat yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan Twitter va Telegram tarmog‘ida turli fikr-mulohazalar bildirildi. «Gazeta.uz» ularning ayrimlarini to‘pladi.

Iqtisodchi Otabek Bakirov Senat raisi tvitlarini VPN orqali yozadimi deb so‘ramoqda:

Deputat Doniyor G‘aniyevning ta’kidlashicha, «shunday yaxshi qonunni qabul qilgan deputatlarni „duo“ qilib qo‘yish kerak»:

Daryo fotomuxbiri Madina Nurmani VPN`ni eslayapti:

Sarkazmli tvit:

Yana bir foydalanuvchidan koronavirus va karantin haqida tvit:

Bloger Shahnoza Soatovaning o‘g‘lining telefonida TikTok ishlayapti:

Yana bir bloger Xushnud Xudoyberdiyev Telegram`ni bloklamasliklaridan umid qilyapti:

VPN`dan foydalanishni boshlagan foydalanuvchilar:



Twitter`da biror qiz/yigitni yoqtirib qolgan foydalanuvchilar uchun «maslahat»:

Izohsiz:

Yana bir foydalanuvchining fikricha, Telegram cheklab qo‘yilsa mamlakat iqtisodiga zarar bo‘lishi mumkin ekan:

Shuningdek, mazkur holatga Telegram`dagi ayrim kanallar ham e’tibor qaratyapti.

«Altman News» kanali prezidentning TikTok`ni tanqid qilganidan so‘ng uni cheklab qo‘yishgani, shuningdek, davlat rahbaridan Yakkasaroy elektr tarmog‘ini ham tanqid qilishini so‘radi. Qayd etilishicha, u yerda 3 soatdan beri chiroq yo‘q.

Telegramdagi «bakiroo» kanalining yozishicha, ijtimoiy tarmoqlar ma’lumotlar bazasini O‘zbekistonda ikki dunyoda ham ko‘chirmasligini bila turib ham, shu qonunning qabul qilinishi aslida senzuraga xohish va moyillik haddan ziyod ekanini ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, O‘zkomnazorat" «VKontakte», Twitter va WeChat ijtimoiy tarmoqlarida o‘zbekistonliklarining shaxsiga doir ma’lumotlarga qonun talablariga zid ravishda ishlov berilayotgani uchun «Mail.ru Group», «Twitter Inc» va «Tencent-Inc» kompaniyalariga ko‘rsatmalar berilgani haqida ma’lum qilgandi.

Firuz Allayev telegram-kanalida yozishicha, ijtimoiy tarmoqlarga kirishdagi muammo biznes uchun ham muammo yaratadi. Chunki kichik biznesdan tortib kattasigacha ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunda eng arzon va eng qulay reklama maydonidir.

«Masalan, TikTok kichik biznes uchun oxirgi vaqtda juda kerakli platformaga aylangandi. Ba’zi bir tik-tok blogerlarining bitta reklamasi 100 AQSh dollarigacha baholanardi. Agar Facebook, Instagram va Telegram faoliyatida ham muammo bo‘lsa, bu biznes uchun sezilarli zarar olib keladi», — deya qo‘shimcha qiladi u.