«Hududgazta’minot» 27 aprel kuni Nurafshonning (Toshkent viloyati) «Obod turmush» mahallasi «Shon-shuhrat» ko‘chasidagi ikki qavatli uyda sodir bo‘lgan portlashga munosabat bildirdi.

«O‘rganishlar jarayonida, maishiy ehtiyoj uchun tabiiy gazni o‘g‘irlash natijasida 2 qavatli binodagi uylardan birining xonasida tabiiy gaz to‘planishi sodir bo‘lganligi aniqlandi. Xonadon egasi hisoblagichni olib tashlab, gaz quvurlarini kanalizatsiya sifoni orqali ulab qo‘yishi, tabiiy gaz sizib chiqishiga sabab bo‘lgan», — deyiladi xabarda.

Avval xabar qilinganidek, gaz-havo aralashmasi chaqnashi natijasida bir kishi vafot etdi

«Hudugazta’minot» iste’molchilardan tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzmaslik, maishiy foydalanishda nostandart gaz uskunalari va qo‘lbola moslamalarni ishlatmaslikni so‘radi. Agar tabiiy gaz sizib chiqish holati aniqlansa, zudlik bilan xonani shamollatish va 104 orqali dispetcherlik xizmatiga yoki 1104 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishni so‘radi.