12 mart kuni Samarqand viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan Jomboy tumani hududida o‘tkazilgan tadbirda giyohvandlik vositasini sotishga uringan shaxs ushlangan.

Tumanning «Eski Jomboy» mahallasida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan S.A., «A» ismli shaxsga 500 gramm miqdoridagi «opiy» giyohvandlik vositasini 5 ming AQSH dollari evaziga sotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirgi paytda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs «o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi» mumkin.