2 mart kuni “Mehr operatsiyasi — 4” doirasida Afg‘oniston hududidan O‘zbekistonga olib kelindi, deya xabar bermoqda Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati.

Afg‘onistonning hamkor tashkilotlari ko‘magida olib kelingan 24 nafar shaxslar Surxondaryo viloyatining Termiz tumani hududida joylashgan “Ayritom” chegara posti orqali kutib olindi. Kun.uz nashri xabariga ko‘ra, ulardan 19 nafarini bolalar tashkil etmoqda, 4 nafar bola yetim. Bundan avval, ular Afg‘oniston va Pokistonning xalqaro terroristik tashkilotlar egallab olgan hududlarida bo‘lishgan.



Fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, viloyat hokimiyati, DXX viloyat boshqarmasi, viloyat IIB hamda sog‘liqni saqlash muassasalari rahbarlari ishtirokida Termiz tumanidagi “Davolash va sog‘lomlashtirish markazi binosiga joylashtirildi. Mazkur markaz barcha shart sharoitlarga ega bo‘lib, shay holga keltirilgan, deyiladi xabarda.

Bundan avval, Prezident Shavkat Mirziyoyevning nazorati ostida 8 dekabr kuni “Mehr-3” operatsiyasi amalga oshirilgan edi. Suriyaning jangovar harakatlari olib borilayotgan hududlaridan 98 nafar o‘zbekistonliklar, ya’ni 25 nafar ayollar va 73 nafar bolalar Vatanga qaytarilgan.