Belarusning yangi konstitutsiyasi loyihasi 2022 yil boshida bo‘lib o‘tadigan referendumga taqdim etiladi

Belarusning yangi konstitutsiyasi loyihasi shu yil davomida tayyor bo‘lib, kelasi yilning boshida jamoat muhokamasiga qo‘yiladi. Bu haqda 11 fevral kuni Butun Belarus xalq yig‘ilishida prezident Aleksandr Lukashenko aytib o‘tdi. «Bu yil davomida konstitutsiya loyihasi tayyor bo‘ladi va u bir yil ichida ommaviy ravishda muhokama qilinadi. Va kelgusi yilning boshida, hech bo‘lmaganda — men buni uddalay olamiz, deb o‘ylayman, — biz uni xalq ovoziga, referendumga qo‘yamiz, — dedi Belarus prezidenti. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayonlarning barchasida asosiy narsa — «ahmoqona xatolarga» yo‘l qo‘ymaslikdir. Va u yaqinda o‘tkazilgan sotsiologik so‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 60 foizi Konstitutsiyani o‘zgartirishga qat’iy qarshi bo‘lganini ta’kidladi. «Men bunga qo‘shilmayman. Konstitutsiyani o‘zgartirish kerak, chunki bugungi kunda davlat rahbarining vakolatlari inson uchun juda qiyin», dedi Aleksandr Lukashenko. — BelTA.

Shuningdek, tadbirda Lukashenko tartibni, norozilik namoyishlarining yo‘qligini va o‘z tarafdorlari uchun xavfsizlik kafolatlarini hokimiyatni tark etish sharti deb atadi.

Germaniya hukumati mamlakatda karantinni 7 martgacha uzaytirishga qaror qildi

Germaniya kansleri Angela Merkel 10 fevral kuni mamlakatda lokdaun rejimining 7 martgacha uzaytirilishini e’lon qildi. Germaniyada cheklovlar 2020 yil noyabr oyining oxiridan amal qilib, oziq-ovqat, sport va go‘zallik salonlari, suzish havzalari, muzeylar va teatrlar, restoran va barlardan tashqari barcha do‘konlarning yopilishini o‘z ichiga oladi. Maktab o‘quvchilari uy sharoitida o‘qitishga o‘tkazildi, endi maktablarni hududiy kesimida ochish to‘g‘risida qaror qabul qilishga ruxsat beriladi. Shuningdek, sartaroshxonalarning ishlashiga 1 martdan ruxsat berilishi kutilmoqda. — Spiegel.

Myanmada namoyishchilarga qarshi o‘q otilgan bo‘lishi mumkin

Amnesty International inson huquqlari tashkilotining yozishicha, Myanmada politsiya namoyishchilarga qarshi o‘q otgan, natijada bir kishi og‘ir jarohat olgan. Nashrning video va fotosuratlariga ko‘ra, 9 fevral kuni politsiya xodimi Neypidodagi mitingni tarqatish maqsadida VA-94 yoki VA-93 avtomatidan o‘q otgan, natijada 19 yoshli namoyishchi qiz boshidan yaralangan. Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, uning tirik qolish ehtimoli past. «Yosh qizning jiddiy jarohati Myanma politsiyasining tinch namoyishchilarga qarshi o‘q-dorilarni ishlatishi oqibati edi. Biz ijtimoiy tarmoqlardagi materiallarni tekshirdik, politsiya namoyishchilarga qurol ko‘rsatib, ularning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfni inobatga olmagan» — dedi tashkilotning inqiroz markazi rahbari Sem Dabberli. — Amnesty International.

Respublikachilarning yuzdan ortiq sobiq amaldorlari AQSHda yangi partiya tuzishni muhokama qilmoqda

Yuzdan ortiq sobiq respublikachilar AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampga qarshi chiqish uchun yangi o‘ng-markaz partiyasini tuzish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Muzokarachilar Trampga qarshi chiqishni istamasligi va «uning (Tramp — tah.) demokratiyani buzishga urinishlari» sababli Respublikachilar partiyasidan ajralib chiqish haqida o‘ylashmoqda. Hozircha ushbu munozaralar dastlabki bosqichda. Xabarlarga ko‘ra, sobiq respublikachilar, shu jumladan, Ronald Reygan, Jorj Bush (katta), Jorj Bush va Trampning sobiq ma’muriyat amaldorlari o‘tgan hafta Zoom konferensiyasi paytida bu masalani muhokama qilishgan. «Respublikachilar partiyasining katta qismi tobora radikallashib, AQSH demokratiyasiga tahdid solmoqda. Partiya haqiqat, aql va asosiy ideallarga sodiqligini yana bir bor tasdiqlashi kerak, aks holda yangi bir narsa yaratish zarur», — dedi siyosatchisi Evan Makmallin. Integrity Party va Center Right Party yangi siyosiy kuchning mumkin bo‘lgan nomlari qatoriga kiradi. —  Reuters.

Eron reaktor uchun uran ishlab chiqarish rejasini bajardi

Eron Tehron tadqiqot reaktori uchun yoqilg‘i yaratish maqsadida izlanishlar va tajriba-konstruktorlik ishlari orqali uran ishlab chiqarish rejasini amalga oshirdi. Bu haqda IAEA (Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA)) rahbari Rafael Grossi ma’lum qildi. «8 fevral kuni agentlik Eronning Isfaxondagi yonilg‘i plitalarini ishlab chiqarish zavodida 3,6 g uran metalini sinovdan o‘tkazdi», — deyiladi xabarda. 2021 yil yanvar oyida Eronning Venadagi xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Kazem Garib Abadi Tehron uran metalini ishlab chiqarish bo‘yicha tadqiqot ishlarini boshlagani haqida xabar bergan edi. Vakil XAEA yonilg‘i plitalarini ishlab chiqaruvchi korxonasi to‘g‘risida xabardor qilinganligini va tekshiruv o‘tkazganligini ta’kidladi. — Reuters.