Talabalik davrida qamalgan mahkumlarga o‘qishini davom ettirish imkoniyatlarini yaratish, jazoni o‘tayotgan shaxslarni OTMlarga onlayn tarzda qabul qilish tartibini belgilash bo‘yicha prezident qarori loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda IIV jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi tarbiyaviy va ijtimoiy psixologik ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Jamshid Sultonov ma’lum qildi.

«Mazkur qaror loyihasida qamalguniga qadar talaba bo‘lgan mahkumlarni o‘qishini davom ettirib ketishi, bundan tashqari jazo muddatini o‘tash davrida yaratilgan mavjud imkoniyatlardan foydalangan holatda o‘qishga tayyorgarlik ko‘rib, OTMga kirish, OTMga kirgan mahkumlar uchun alohida jazoni o‘tash tartiblarini joriy qilish bandlari belgilangan», — deb aniqlik kiritdi u.

Ushbu qaror loyihasi hozirgi kunda imzolanish arafasida ekanligi ta’kidlandi.