Kompaniyaning 5−10 foiz ulushini sotib olmoqchi bo‘lgan investorlar Telegram’ni 30 mlrd dollarga baholashdi. Bu taklifni messenjer asosochisi Pavel Durov rad etdi, deya xabar qildi The Bell.

Avvalroq The Information yaqin kelajakda Telegram katta miqdordagi kreditni (taxminan 1 mlrd dollar) jalb qilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Keyinchalik qarz IPO orqali aksiyalarga aylantirilishi mumkin bo‘lardi.

Bunday xabar tarqalganidan so‘ng Durov o‘zi biron bir «bank va investor» bilan uchrashmaganligini aytdi, ammo uning jamoasiga takliflar tushayotganini ta’kidladi. Uning aytishicha, messenjer uchun kredit olish «monetizatsiya» (tijoratlashtirish) strategiyasini amalga oshirishda to‘liq mustaqil va o‘z qadriyatlariga sodiq qolish usullaridan biridir.

2015 yilda Pavel Durov «Sekret Firmы» nashri bilan suhbatda, o‘sha paytda olgan takliflarga asoslanib, kompaniyaning mumkin bo‘lgan qiymatini 3−4 mlrd dollarga baholagan edi. O‘sha paytda messenjerda oyiga 60 millionga yaqin faol foydalanuvchilar bor edi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyining ilk haftasida Telegram’dagi faol foydalanuvchilar soni 500 milliondan oshdi.