Yunusobod tumani Lokomotiv parki yonidagi temir yo‘l kesishmasida shlagbaumni aylanib o‘tishga uringan «Nexia» avtomobili haydovchisi 30 yoshli E. K. kutilmagan manyovr sabab 32 yoshli O‘. T. boshqaruvidagi «Lacetti» bilan to‘qnashgan.

Voqea 10 yanvar kuni taxminan soat 17.30 da, ikkala haydovchining ham temir yo‘l svetoforining taqiqlovchi belgisi va tushirilayotgan shlagbaumni mensimagani oqibatida sodir bo‘lgan.

Tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra ikkala haydovchi ham hushyor bo‘lishgan. Voqea sababli hech kim jabr ko‘rmadi.

YHXB xodimlari tomonidan ikkala haydovchiga ham ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.