Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda yangi yil pishiriqlari retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Zanjabilli pechenelardan gulchambar


Zanjabilli pechene — ommalashgan yangi yil shirinligidir. Bu pecheneni pishirishga ijodiy yondashib, yangi yil gulchambaragini yasashni taklif qilamiz.

«Dangasa» medovik


Sizga Medovik tortining oddiy retseptini taklif etamiz, klassikidan farqli o‘laroq, u ko‘rjlarni birma-bir yoyib chiqishni talab qilmaydi.

Ikki xil rangli «Stolichniy» keksi


Shirin pishiriqlarni sevuchilar, ehtimol, bolalikdagi eng mashhur lazzatlardan biri bo‘lgan «Stolichniy» keksi ta’mini eslashadi. Hozir pishiriqlar tanlovi juda xilma-xil bo‘lib ketganiga qaramay, ko‘pchilik yana o‘zlarining sevimli shirinliklarining ta’mini his qilishni istashadi.

«Maxrovoye» shirinligi


Mana bunday ko‘rinishli pishiriqlar bir qarashdayoq odamni o‘ziga qiziqtirib qo‘yadi. Vanilli mayin biskvit va quyultirilgan sutli kremdan tashkil topgan bu shirinlik katta-yu kichikka birdek yoqishi aniq.

Zanjabilli xamirdan tayyorlangan shokoladli tart


Ushbu tartning noodatiyligi shunda-ki — tart barcha sevib ulgirgan zanjabilli pechenelar bilan bezaladi. Bunday tartdan hech kim bosh tortmasligi aniq.

Rezavor mevali jemga ega shokoladli kapkeyklar


Rezavor mevali jemga va shokoladli krem-chizga ega bunday kapkeyklar bayramni ajoyib va unutilmas qila oladi.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15