Aleksandr Lukashenko yangi konstitutsiya qabul qilinganidan keyin o‘z lavozimini tark etadi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda yangi konstitutsiya qabul qilinganidan keyin o‘z lavozimidan ketishini aytdi. «Men o‘zim uchun biror bir konstitutsiya yasamayapman. Men siz bilan prezident sifatida yangi konstitutsiya bilan ishlamayman», — dedi prezident. Shuningdek, Lukashenko konstitutsiyani qabul qilishda hiylalarga yo‘l qo‘ymasligiga va’da berdi. — BelTA.

Shimoliy Koreya Koreya Respublikasi farmatsevtika kompaniyalariga xakerlik hujumi uyushtirdi

Koreya Respublikasi Milliy razvedka xizmati Shimoliy Koreya koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqayotgan farmatsevtika kompaniyalariga xakerlik hujumi uyushtirganini ma’lum qildi. Qaysi kompaniyalarga hujum qilingani bayonotda aytilmadi. — TASS.

Shotlandiya kelasi yili mamlakat mustaqilligi bo‘yicha ikkinchi referendumini o‘tkazishi mumkin

Shotlandiyaning birinchi vaziri Nikola Sterjen kelasi yili Xolirud (mahalliy parlament) saylovlaridan so‘ng mamlakat mustaqilligi bo‘yicha ikkinchi referendumni o‘tkazmoqchi. Buyuk Britaniya tarkibidan chiqish tarafdorlar soni aholining 58 foizini tashkil qiladi. Pardament saylovlari esa 2021 yil may oyida bo‘lib o‘tadi. — The Times.

Facebook 2021 yilda Libra kriptovalyutasini ishga tushiradi

Facebook kompaniyasi kelasi yil boshida Libra kriptovalyutasini ishga tushirishga tayyorlanmoqda. Ta’kidlanishicha, kriptovalyuta hajmi avval rejalashtirilganidan ancha kamroq bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, valyuta ishga tushirilishi vaqti loyihaning Shveysariya moliya bozori vakolatli organi tomonidan tasdiqlanishiga bog‘liq. Hozircha yanvar oyiga mo‘ljallangan. — Financial Times.

Turkmaniston gazeta va jurnallarning qog‘oz shaklida nashr etilishini cheklaydi

2021 yil 1 yanvardan Turkmanistonning gazeta va jurnallari faqat elektron shaklda chiqadi. Faqatgina pensiya yoshidagilar qog‘oz shakldagilariga obuna bo‘lishlari mumkin. Ashxobod pochtasi 2021 yilga mo‘ljallangan turkman gazeta va jurnallarga obunasini yangilamoqchi bo‘lgan har bir fuqaroga yangi yildan mahalliy davriy nashrlarni faqat elektron shaklda olishi mumkinligini ma’lum qildi. — Gazeta.uz

Fransiya TIV Tog‘li Qorabog‘ respublikasini tan olmasligini e’lon qildi

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi o‘zini-o‘zi e’lon qilgan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi tan olinmasligini e’lon qildi. Tashqi ishlar vazirligining qo‘shimcha qilishicha, Fransiyaning EXHT Minsk guruhining hamraisi sifatida Qorabog‘ mojarosini muzokaralar yo‘li bilan hal qilish, xususan, Tog‘li Qorabog‘ning kelajakdagi maqomi to‘g‘risida ishlashdan iborat va bu muzokaralar natijasini oldindan va bir tomonlama ravishda aniqlash mumkin emas. — Gazeta.uz