Braziliyaning Anvisa sog‘liqni saqlash nazorati agentligi «jiddiy hodisa» sababli Xitoyning Sinovac laboratoriyasi tomonidan ishlab chiqilgan Coronavac vaksinasi sinovlarini vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Globo xabar bermoqda.

Anvisa 29 oktyabr kuni sinovlarning ishtirokchilaridan biridan vaksinaning yon ta’siri haqida ma’lumot oldi, voqea tafsilotlari keltirilmagan.

«Jiddiy hodisalar», deb bemorning o‘limi yoki o‘lim tahdidi, nogironlik, gospitalizatsiya, klinik ahamiyatga ega bo‘lgan hodisa tushuniladi.

Avvalroq Xitoyda ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksina sinovining uchinchi bosqichi 5 mingga yaqin o‘zbekistonlikda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgani haqida ma’lum qilgan edik. Shuningdek, Innovatsion rivojlanish vazirligi Xitoy Fanlar Akademiyasi bilan Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinani uchinchi bosqich klinik sinovlarini O‘zbekistonda o‘tkazish to‘g‘risida kelishib olgan edi.