Unda Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovning birinchi o‘rinbosari Xadjibayev Abduhakim Mo‘minovich nomzodi ko‘rib chiqildi, deya xabar berdi O‘zA.

Deputatlar tomonidan Xadjibayev Abduhakim Mo‘minovich sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga ma’qullandi. Endilikda u sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga bosh vazir taqdimoti va prezident farmoni asosida kirishishi mumkin.

Alisher Shodmonov.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Qayumovich Shodmonov sog‘liqni saqlash vaziri sifatida 2017 yil fevral oyidan boshlab ishlab kelmoqda. Abduhakim Xojiboyev esa Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimiga 2020 yil iyulida tayinlangan edi.