O‘zbekistonda yuridik shaxslarning jinoiy javobgarligi institutini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda adliya vaziri Ruslanbek Davletov 11 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida «Gazeta.uz» savoliga javob berar ekan ma’lum qildi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda faqat jismoniy shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin, yuridik shaxslar (kompaniyalar) esa jinoyat sub’ekti emas va faqat ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Ushbu amaliyot boshqa mamlakatlarda ham bo‘lgan, ammo vaqt o‘tishi bilan u o‘zgarishni boshladi. Masalan, Buyuk Britaniyada poraxo‘rlik to‘g‘risidagi qonunda kompaniyalar pora berish harakatining oldini olmagani uchun javobgarlikka tortiladi.

Ruslanbek Davletovning fikriga ko‘ra, O‘zbekistondagi korporativ javobgarlik rivojlanmasdan qolmoqda.

«Bugungi kunda O‘zbekistonda korporativ javobgarlik rivojlanmay qolgan. Hamma narsa ma’muriy javobgarlik, jinoiy javobgarlik — jismoniy shaxslar uchun. Shaxsga emas, kompaniyaga nisbatan korporativ javobgarlik rivojlanishi kerak. Shunda mas’uliya bo‘ladi. Hattoki korrupsiya masalalarida ham jinoyat huquqida korporativ jinoiy javobgarlikni rivojlantirish kerak», — dedi u.

Adliya vazirligi rahbari O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasidagi korrupsion mojaroni misol qilib keltirdi. O‘shanda mobil operatorlarining asosiy kompaniyalari AQSH va Niderlandiya hukumatlariga yirik miqdorda jarima to‘lagan edi.

«Mana, bizda Ucell va boshqa kompaniyalar bilan bo‘lgan ishlarda ko‘rdilaringiz-ku. Amerika nima qildi? Hammasini, kerak bo‘lsa, tizzasiga o‘tqizib qo‘ydi. Kompaniyalar milliardlab (dollar) jarima to‘ladi. Shuning uchun biz intellektual mulk sohasida ham korporativ javobgarlikni rivojlantirishimiz kerak», — dedi Ruslanbek Davletov.

Bir necha yil muqaddam AQSH regulyatorlari Rossiyaning MTS aloqa operatori, Veon (sobiq VimpelKom, Beyeline brendi) va Shvetsiya Telia (avval — VimpelCom, Beeline brendi), Shvetsiyaning Telia (avval — TeliaSonera, Ucell brendi) kompaniyalariga qarshi korrupsiyaga qarshi tergovlarni boshlagan edi. Amerika hukumatining fikriga ko‘ra, kompaniyalar mamlakatning telekommunikatsiya bozoriga kirish uchun «O‘zbekistonning sobiq prezidentining oilasi bilan bog‘liq» tuzilmalarga pora bergan.

Natijada, 2019 yil mart oyida MTS kelishuv bitimini tuzdi va AQSH hukumatiga 850 million dollar miqdorida jarima to‘lashga rozi bo‘ldi. Veon AQSHga 2016 yil fevral oyida tinchlik shartnomasi shartlariga binoan 795 million dollar miqdorida jarima to‘ladi. Telia esa 2017 yil sentyabr oyida AQSH va Gollandiya rasmiylariga 965 million dollar to‘ladi.