O‘zbekiston avgust oyida 2,5 mlrd AQSH dollaridan ziyod summaga oltin eksport qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi 8 oy davomida olib borilgan tashqi savdo statistikasida xabar berdi.

O‘zbekiston yanvar-avgust davri davomida 5,8 mlrd dollarga teng bo‘lgan miqdorda oltin eksport qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 147,2% ni tashkil etib, 1,8 mlrd dollarga ko‘p. Oltin eksporti jami eksport ulushining 50% ni tashkil etoqda.

O‘zbekiston jahonning 160 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan sakkiz oy mobaynida respublikaning tashqi savdo aylanmasi 24,5 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 mlrd dollarga kamaygan.

Avgust oyida oltinsiz eksport xajmi 800 mln AQSH dollaridan biroz oshgan. Import esa ikki barobardan ko‘proq — 1,7 mlrd dollarni tashkil etgan.

8 oy davomida tashqi savdo aylanmasida eksport 11,6 mlrd AQSH dollari, import hamji 12,9 mlrd AQSH dollariga teng bo‘lib, tashqi savdo aylanmasi saldosi -1,3 mlrd dollarni tashkil etgan.

Business Insider avgust oyi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 342.8 tonna miqdordagi oltin zahiralariga ega va ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha jahonda 15-o‘rinda turibdi. Jahon oltin kengashi (WGC) ga ko‘ra, o‘tgan yilning mos daviriga ko‘ra ushbu ko‘rsatkich 350.22 tonnaga teng bo‘lgan. 2019 yil yakuniga ko‘ra esa oltin zahirasi miqdori 335.9 tonnani tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston iyul oyida 11,6 tonna oltin eksport qilib, dunyo mamlakatlari orasida oltin sotish bo‘yicha mutlaq yetakchiga aylangan edi.