Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda qovoqdan tayyorlanadigan pishiriqlar retseptlarini taqdim etadi.
Qovoqli sinnabon
Bulochkalar gaz pechidan nozik, yumshoq va hatto quyosh kabi yorqin bo‘lib chiqadi. Mazasi esa barchaga manzur kelishi aniq.
Xushbo‘y isli qovoqli keks
Ajoyib nafis ta’m va xushbo‘y hidli mana bunday keksni tayyorlash uchun qovoqdan foydalanamiz. Ammo keksda qovoqning borligi umuman sezilmaydi, ishonavering.
Qovoqli rulet
Yumshoq va juda shirin, qovoqli pyuredan tayyorlangan rulet kremi qaymoqli pishloqdan tayyorlanilib, ta’mi chizkeykka o‘xshab ketadi. Qovoqlar tugab qolmasdan bunday ruletlardan tayyorlashni tavsiya qilamiz.
Qovoqli tart
Qovoqdan nafaqat somsa va manti pishirish, balki juda mazali, xushbo‘y va antiqa qovoqli tart ham pishirish mumkin.
Qovoqli pyuredan tayyorlanilgan keks
Qovoqli pyuredan tayyorlanilgan keks juda shirin va yumshoq chiqadi. Pishganidan so‘ng uning ichiga qovoq solingan deb hech kim o‘ylamasligi aniq.
Qovoq va suli yormasi solib tayyorlanilgan maffinlar
Qovoqli pyure solib tayyorlaniladigan ajoyib maffinlar — juda mazali, xushbo‘y va yorqin bo‘lib, ularni hatto kichkintoylar ham sevib iste’mol qilishadi.
Parhezbop qovoqli vaflilar
Juda foydali hisoblanmish mana bunday vaflilar barchaga birdek yoqishi aniq. Bunda qovoqning mavjudligi umuman sezilmay, aksincha ajoyib bir ta’m beradi.
Yana ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15