«O‘zbekneftgaz» kompaniyasi o‘zining UNG Petro avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-92 benzini sotish narxlarini pasaytirdi. Narxlar bozor tamoyillari asosida shakllantirilmoqda, deyiladi kompaniya xabarida.

15 sentyabrdan boshlab import qilinadigan AI-92 benzinining narxi 6000 so‘mdan 5500 so‘mga tushiriladi. Mahalliy ishlab chiqarilgan Ai-92 benzinining narxi esa 5800 so‘mdan 5500 so‘mgacha pasaymoqda.

«Bozor tamoyillari asosida neft mahsulotlari narxlarini shakllantirish bo‘yicha korxona tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar davom etadi. Ular narxi pasayishi bilan aholiga sotish narxi ham pasayishi aniq», -deya izoh berdi UNG Petro direktori Mirzohid Musayev.

Avvalroq O‘zbekistonda Ai-80 benzini ishlab chiqarishdan voz kechish rejalashtirilayotgan ma’lum bo‘lgan edi. Buxoro NQIZ modernizatsiyasi va rekonstruksiyasi yakunlanganidan keyin Ai-91, Ai-93 va Ai-95 benzinlari hamda Yevro-5 standartidagi dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi.