O‘zbekistonda import qilinayotgan tayyor elektrotexnika va elektromaishiy texnika mahsulotlariga utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 29 avgustdagi 2020−2021 yillarda iqtisodiy o‘sishni tiklash va iqtisodiyot tarmoqlari hamda sohalarida tizimli tarkibiy islohotlarni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida bu haqda so‘z bormoqda.

Ma’lumot uchun, «Chiqindilar to‘g‘risida"gi qonunning 23−1-moddasiga ko‘ra, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolar sog‘lig‘ini va atrof-muhitni g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari o‘z iste’mol xususiyatlarini yo‘qotganidan keyin hosil bo‘ladigan chiqindilarning zararli ta’siridan himoya qilish maqsadida utilizatsiya yig‘imi to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, Hukumatning tegishli qarori bilan 2020 yilning 1 avgustidan transport vositasining turi, toifasi, ishlab chiqarish muddatidan kelib chiqib, bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 30 baravaridan 1500 baravarigacha utilizatsiya yig‘imi undirilishi belgilandi.