Chorshanba va payshanba kuni O‘zbekiston hududi kuchsiz siklon harakati ta’sirida bo‘ladi, deya xabar qildi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Respublikada havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ertaga Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari bo‘yicha va mamlakatimizning tog‘li va tog‘oldi hududlarida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

4 sentyabrda respublikaning katta qismida havoning ochiq bo‘lishi kutilmoqda, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Shu kunlarda harorat kechasi 15−20 daraja, kunduzi 30−35 daraja bo‘ladi.

5−6 sentyabr kunlari O‘zbekiston hududiga Qozoqiston ustidan o‘tadigan antitsiklonning chegarasi ta’sir ko‘rsatadi. Bunday sinoptik vaziyat natijasida havo salqinlashsada, ob-havo asosan yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat kechasi 5 sentyabrda 15−20 darajagacha, kunduzi 27−32 darajagacha pasayadi, 6 sentyabrda yana biroz pasayib kechasi 12−17 darajani, kunduzi 25−30 darajani tashkil qiladi.

Respublika bo‘yicha shamolning tezligi sekundiga 15−20 metrgacha kuchayishi ehtimoli bor.