Gollandiyalik Ronald Kuman «Barselona» futbol jamosining yangi bosh murrabbiyi etib tayinlandi. Mutaxassis bilan shartnoma 2022 yil iyun oyining oxirigacha imzolandi. Bu haqda klub Twitter sahifasida xabar berdi.

«Barselona» klubining rahbariyati «Bavariya»ga qarshi yirik mag‘lubiyatdan so‘ng (2:8), 17-avgust kuni Kike Setenni murabbiylik lavozimidan bo‘shatishga qaror qildi.

Kuman 2018 yildan beri Gollandiya terma jamoasining murabbiyi sifatida ishlab kelgan. Bundan avval Angliyaning «Everton», «Sautgempton», Gollandiyaning «PSV» va «Ayaks», Ispaniyaning «Valensiya» jamoalarida ishlagan.

Ma’lumot uchun, Ronald Kuman «Barselona»da futbolchi sifatida ham faoliyat yuritgan.