14 avgust kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi va triatlon federatsiyasining qo‘shma yig‘ilishida tashkilotlarning yangi rahbarlari saylandi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati.

Triatlon federatsiyasi raisligiga O‘zbekiston Xavfsizlik kengashi Kotibi Viktor Mahmudov saylandi.

MMA assotsiatsiyasi raisligiga esa O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Bahodir Kurbanovlar saylandi.

Triatlon federatsiyasi va MMA assotsiatsiyasining sobiq rahbari Otabek Umarov juma kuni ushbu lavozimlarni tark etganligini ma’lum qilgan edi.