28 iyul kuni Toshkentning Olmazor tumanida avtobus va yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Soat 11.00 larda Toshkent xalqa avtomobil yo‘lida 18-avtoparkka tegishli Isuzu avtobusi haydovchisi 30 yoshli Rahimjon Sh. yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari uchun kutilmagan harakat (manyovr) sodir etgan.

Yaqin-atrofda harakatlanib borgan «Zil-131» rusumli yuk avtomobili haydovchisi 28 yoshli Murodjon B. favqulodda to‘xtash uchun barcha choralarni ko‘rishiga qaramasdan, avtobusning yon tomoniga to‘qnashishi natijasida avtobus ag‘darilib ketgan.

YTH sababli hech kim jabrlanmadi, deya qayd etdi IIBB.