Dunyoning eng mashhur bastakorlardan biri hisoblangan italiyalik Ennio Morrikone 91 yoshida vafot etdi, deya xabar berdi RT nashri.

Qayd etilishicha, Ennio Morrikone Rim shahrida o‘tgan hafta yiqilib tushib, son suyagini singan jarohat asoratlaridan so‘ng vafot etgan.

Ma’lumot uchun, Ennio Morrikone bastakor va dirijyorlik faoliyati davomida 500 dan ortiq film va seriallarga musiqalar yaratgan. U “Bir zamonlar Amerikada” (1984), “Pianist haqida afsona” (1998), “Yaxshi, yomon va jahldor” (1966), “Jirkanch sakkizlik” (2016) kabi filmlarga bastakorlik qilgan va hayoti davomida ikki marotaba “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan.

“Maxallada duv-duv gap” musiqsasi Ennio Morrikone tomonidan ijro etilishi.