Koronavirus infeksiyasiga chalingan poytaxtlik bemor o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 1 iyul kuni poytaxtda yashovchi 65 yoshli V.M. (erkak kishi) o‘ta og‘ir ahvoldaIbn Sino nomidagi 1-son shahar klinik shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilib, sun’iy nafas olish apparatiga ulangan.

Unga gipertoniya kasalligi, ateroskleroz, bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult)ning ikkinchi bor qaytalanishi (birinchi holat 2020 yil iyun oyida yuz bergan), gemorragik insult tashxisi qo‘yilgan.

Bemorga Sog‘liqni saqlash vazirligining qator yo‘nalishlari bo‘yichabosh mutaxassislari va Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi shifokorlari tomonidan konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazorati ta’minlangan.

Joriy yilning 3 iyul kuni shifokorlar tomonidan standart asosida ko‘rsatilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.