Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi «Raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga berilgan eksklyuziv huquqlar, individual soliq va bojxona imtiyozlari, preferensiyalarni bekor qilish to‘g‘risida"gi prezident farmoni loyihasini normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirdi.

Loyihada «O‘zmetkombinat»ning qora metallarni, «O‘zikkilamchiranglimetall»ning rangli metallarni, «Davlatbelgisi»ning turli xil qog‘oz mahsulotlarini ishlab chiqarishidagi monopol holati va eksklyuziv huquqlari, «O‘zstandart» agentligiga tegishli o‘lchov vositalarini tekshirish va shtrix-kodlarni berish bo‘yicha korxonalari kabi monopoliyalar bekor qilinishi taklif etilmoqda.

«O‘zmetkombinat» AJ va «O‘zikkilamchiranglimetall» AJning monopsoniyasini (mutlaq sotib oluvchining huquqi) o‘rniga uning tarkibidan ixtisoslashtirilgan qpunktlarni ajratish yo‘li bilan qora va rangli metallarning parchalari va chiqindilarini sotib olish bo‘yicha mustaqil korxona tashkil etish ko‘zda tutiladi.

Qumita yangi tashkil etilgan korxona tomonidan qora va rangli metallarning parchalari va chiqindilarini faqat birja savdolarida barcha metaldan ishlangan buyumlarni ishlab chiqaruvchilarning xom ashyolarga teng kirishi ta’minlagan holda sotilishini taklif etmoqda.

Shuningdek, ushbu hujjatda «O‘zbekipaksanoat», «O‘zyog‘moysanoat», «O‘zeltexsanoat», «Parrandasanoat», «O‘zbekistonasalarichilari», kartoshka ishlab chiqaruvchilar, «O‘zcharmsanoat» kabi turli birlashmalar a’zolariga, individual paxta va to‘qimachilik klasterlarga hamda Xalq banki va «Mikrokreditbank"larga beriladigan imtiyoz va preferensiyalari bekor qilinishi ham rejalashtirilgan.

Farmon va Qonun loyihalarining muhokamalari 16 iyulga qadar davom etadi.