22 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6358 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 43 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida aniqlangan.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 1962 kishi davolanmoqda. Ulardan 15 nafar bemor og‘ir ahvolda, 3 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda, deb baholanmoqda.

Ayni paytda mamlakatda 4377 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. O‘n to‘qqiz kishi hayotdan ko‘z yumgan.