Shanba, 20 iyun kuni O‘zbekistonda 207 ta koronavirus holati qayd etilib, jami holatlar soni 6153 taga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Yangi holatlarning 179 tasi karantin muassasalarida, 19 tasi aholi orasida (shundan 13 nafari Toshkent shahrida, 4 nafari Toshkent viloyatida, 1 nafari Surxondaryo hamda yana 1 nafari Xorazm viloyatida), qolgan 9 tasi esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Shuningdek, bugun 17 nafar fuqaro sog‘aydi. Ularning barchasi Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.

️Hozirda kasallik qayd etilgan jami 6153 nafar bemordan 4290 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 69 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda mamlakatning o‘nta xududidagi shifoxonalarida davolanayotgan 1844 nafar bemordan 14 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

️Hozirda uy karantinida 37 812 nafar, statsionar karantinda esa 23 015 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.