17 iyun kuni soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5638 nafarni tashkil etmoqda, deya ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 73 nafari Karantin марказидаги fuqarolar orasida, 4 nafari Buxoro viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan, 3 nafari aholi orasida) qayd etilgan.

Hozirgacha kun davomida mamlakatda 145 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

Ayni paytda mamlakatda 4096 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.

Shuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov ma’lum qilishicha, Respublika bo‘ylab virusologik laboratoriyalarda oxirgi bir kunda 19 010 ta, epid mavsum davomida 944 189 ta test sinovi o‘tkazildi.