O‘zbekistonda seshanba kuni 230 holatda kasallik qayd etilgan, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi holatlardan 196 nafari Karantin muassasalarida, 20 nafari aholi orasida (shundan 14 nafari Toshkent shahrida, 3 nafari Buxoro viloyatida, 2 nafari Samarqand viloyatida hamda 1 nafari Namangan viloyatida), qolgan 14 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Kun davomida sog‘aygan 77 nafar fuqaroning barchasi Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.

️Hozirda kasallik qayd etilgan jami 5493 nafar bemordan 4096 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 74 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1378 nafar bemordan 13 nafari og‘ir ahvolda.

️Hozirda mamlakatda uy karantinida 29 378 nafar, statsionar karantinda esa 21 365 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.