Dam olish kunlari (13−14 iyun) respublika hududiga xorijiy janubdan issiq va quruq havo tarqalishi oqibatida, Kunduzi harorat 35−37 darajagacha ko‘tarilishi, tunda esa 18−20 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar beradi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Shimolda, janub va cho‘l zonasida 38−40 darajagacha ko‘tariladi. Bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2−4 darajaga yuqori.

Barcha viloyatlarda asosan havo ochiq bo‘ladi. Faqat respublikaning tog‘li hududlarida shanba kuni ob-havo biroz beqaror bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.