Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston shahar va tumanlari kesimida karantin darajalarini qayta ko‘rib chiqdi. Toshkent «sariq» hudud bo‘lib qoldi, deya xabar berdi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.

Toshkent

Barcha tumanlar «sariq» hududda: Bektemir, Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Olmazor, Sergeli, Uchtepa, Yashnobod, Chilonzor, Shayxontohur, Yunusodob va Yakkasaroy tumanlari.

Toshkent viloyati

«Yashil» hudud: Olmaliq va Ohangaron, Bo‘stonliq, Bo‘ka, Pskent va Ohangaron tumanlari.

«Sariq» hudud: Angren va Chirchiq, Bekobod, Quyichirchiq, O‘rta Chirchiq va Chinoz tumanlari.

«Qizil» hudud: Bekobod, Nurafshon va Yangiyo‘l shaharlari, Oqqo‘rg‘on, Zangiota, Qibray, Parkent, Yangiyo‘l, Toshkent, Yuqori Chirchiq tumanlari.

Samarqand viloyati

«Yashil» hudud: Kattaqo‘rg‘on shahri, Narpay, Qushrabod, Nurobod, Bulung‘ur, Kattaqo‘rg‘on va Paxtachi tumanlari.

«Sariq» hudud: Jomboy tumani.

«Qizil» hudud: Samarqand, Oqdaryo, Ishtixon, Payariq, Pastdarg‘om, Samarqand, Tayloq va Urgut tumanlari.

Xorazm viloyati

Barcha tuman va shaharlar «yashil» hudud: Urganch va Xiva, Bog‘ot, Gurlan,Qo‘shko‘pir, Urganch, Xazarasp, Xonqa, Xiva, Shovot, Yangiariq va Yangibozor tumanlari.

Farg‘ona viloyati

Barcha tuman va shaharlar «yashil» hudud: Farg‘ona, Qo‘qon, Marg‘ilon va Quvasoy shaharlari, Oltiariq, Bog‘dod, Beshariq, So‘x, Dang‘ara, Quva, Qo‘shtepa, Buvayda, Rishton, Toshloq, Farg‘ona, Furqat, O‘zbekiston va Yozyovon tumanlari.

Surxondaryo viloyati

«Yashil» hudud: Qiziriq, Uzun, Bandixon, Termiz, Angor, Denov, Oltinsoy, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sherobod va Sho‘rchi tumanlari.

«Sariq» hudud: Termiz.

«Qizil» hudud: Sariosiyo tumani.

Sirdaryo viloyati

Barcha tuman va shaharlar «yashil» hudud: Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlari, Boyovut, Guliston, Sayxunobod, Sirdaryo, Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba va Xovos tumanlari.

Qashqadaryo viloyati

Barcha tumanlar va shaharlar «yashil» hudud: Qarshi va Shahrisabz shaharlari, Dehqonobod, Qamashi, Qarshi, Koson, Kasbi, Mirishkor, Muborak, Nishon, Chiroqchi, Shahrisabz, G‘uzor va Yakkabog‘ tumanlari.

Namangan viloyati

«Yashil» hudud: Kosonsoy, Mingbuloq, To‘raqo‘rg‘on, Chortoq, Pop, Chust, Uchqo‘rg‘on va Yangiqo‘rg‘on tumanlari.

«Sariq» hudud: Norin tumani.

«Qizil» hudud: Namangan shahri, Uychi va Namangan tumanlari.

Navoiy viloyati

«Yashil» hudud: Navoiy shahri, Karmana, Qiziltepa, Navbahor, Nurota, Tomdi va Uchquduq tumanlari.

«Sariq» hudud: Konimex va Xatirchi tumanlari.

«Qizil» hudud: Zarafshon.

Jizzax viloyati

Barcha tuman va shaharlar «yashil» hudud: Jizzax shahri, Arnasoy, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Do‘stlik, Zomin, Zarbdor, Zafarobod, Mirzacho‘l, Paxtakor, Forish va Yangiobod tumanlari.

Buxoro viloyati

Barcha tumanlar va shaharlar «yashil» hudud: Buxoro va Kogon shaharlari, Buxoro, Vobkent, Kogon, Qorovulbozor, Peshko‘, Romitan, Shofirkon, Jondor, G‘ijduvon, Olot va Qorako‘l tumanlari.

Andijon viloyati

«Yashil» hudud: Xonobod shahri, Baliqchi, Bo‘z, Buloqboshi, Izboskan, Qo‘rg‘ontepa, Marhamat, Ulug‘nor, Xo‘jaobod, Jalaquduq, Shahrixon, Oltinko‘l, Paxtaobod va Asaka tumanlari.

«Sariq» mintaqa: Yo‘q.

«Qizil» hudud: Andijon shahri va Andijon tumani.

Qoraqalpog‘iston

«Yashil» hudud: Amudaryo, Beruniy, Qonliko‘l, Qorao‘zak, Kegeyli, Mo‘ynoq, Nukus, To‘rtko‘l, Xojayli, Chimboy, Shumanay, Ellikqal’a, Taxiatosh va Bo‘zatov tumanlari.

«Sariq» hudud: Nukus.

«Qizil» hudud: Qo‘ng‘irot va Taxtako‘pir tumanlari.

O‘zbekistonning barcha hududlarida ijtimoiy masofani saqlash, niqob kiyish va bir qator muassasalar va ob’ektlarning ishlashini taqiqlash kabi cheklovlar va qoidalar davom etmoqda. Hozircha, shaxsiy avtoulovlar bilan hududlar o‘rtasida sayohat qilish taqiqlanadi.