28 may soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3437 (+41) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasidan aniqlangan. 32 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasidan aniqlangan bo‘lib, shundan 10 nafari Sankt-Peterburg shahridan, 3 nafari Novosibirsk shahridan, 1 nafari Istanbul shahridan hamda 17 nafari Qozog‘istondan yurtimizga kirib kelgan. Qolgan 1 nafari esa koronavirusga chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lgan.

️Ayni paytda mamlakatda 2685 (+17) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (78 foizi) butunlay sog‘aygan. ️Hozirda respublikada 738 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.