Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga turizm maqsadida tashrif buyurgan xorijiy fuqarolar soni 1,2 million kishini tashkil etdi. 2019 yilning shu davriga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 12 foizga kamaydi, deya xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi.

Shundan 87,9 foizi O‘zbekistonga qarindoshlarini ziyorat qilish, 9,3 foizi — sayohat, 1,2 foizi — davolanish uchun, 0,7 foizi — ish bilan, 0,6 foizi — xizmat safari bilan va 0,3 foizi — o‘qish bo‘yicha kelgan.

MDH mamlakatlaridan kelganlar soni 1,16 million kishini (95,6%), xorijiy davlatlardan kelganlar — 53,6 ming kishini (4,4%) tashkil etdi.

Xorijiy fuqarolarning eng ko‘p oqimi Qozog‘iston (397,6 ming kishi), Tojikiston (332,7 ming kishi), Qirg‘iziston (298,1 ming kishi), Rossiya (64,7 ming kishi), Turkmaniston (60,6 ming kishi), Ozarbayjon (2 ming) va Belarusiyadan (1,2 ming).

Uzoq xorijdan sezilarli oqim Turkiyadan (13,5 ming kishi), Janubiy Koreyadan (5,2 ming), Xitoydan (3,7 ming), Hindistondan (3,6 ming), Yaponiya (1,3 ming kishi) va Fransiyadan (0,9 ming) kuzatildi.

Xorijiy fuqarolarning asosiy tarkibiy qismi 31−55 yosh — 53,1%, 19−30 yosh — 19,5%, 56 va undan katta — 19,4%, 0−18 yosh — 8%.

Yilning birinchi choragida mamlakatni turistik maqsadlar uchun tark etgan O‘zbekiston fuqarolarining soni 1,4 million kishini tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16,7 foizga kamaydi.

Ulardan 1,33 mln kishi (92,7%) MDH mamlakatlariga, 104,3 ming kishi (7,3%) esa boshqa mamlakatlarga ketgan.