8 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2314 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov so‘zlariga ko‘ra, hozirda Respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 648 kishi davolanmoqda, 9 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda.

Shuningdek, ayni vaqtga kelib, Respublikadagi mavjud virusologik laboratoriyalarda 371 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazildi. Kechagi kunning o‘zida 12,6 mingdan ko‘proq virusologik tekshirishlar o‘tkazildi, dedi Nurmat Otabekov.

Koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni hozirda 1656 kishini tashkil etmoqda. O‘n kishi hayotdan ko‘z yumgan.