Toshkent shahrida 32 nafar va Samarqanda viloyatida 15 nafar koronavirus bemorlari tuzaldi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 7 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 19 nafar hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 6 nafar, jami 32 nafar bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 3 nafari erkak, 4 nafari ayol bo‘lib, 5 nafari Toshkent shahridan, Samarqand va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan. Ulardan 6 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 1 nafari esa Turkiyadan charter reysda kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 55 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2018 yil tug‘ilgan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlarning 9 nafari Toshkent shahridan, Andijon va Xorazm viloyatlaridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Jizzax, Buxoro, Surxondaryo va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan. Ulardan 6 nafari Rossiyadan, 1 nafari Turkiyadan hamda 2 nafari Qozog‘istondan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 10 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlardan 9 nafari erkak, 10 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 81 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 8 yoshda.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida tuzalganlarning esa 3 nafari Toshkent shahridan, Namangan, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridan esa 1 nafardan. Ularning 1 nafari Turkiyadan, yana 1 nafari Qozog‘iston Respublikasi orqali Rossiyadan kelishgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, mazkur klinikaga yotqizilgan. Qolgan 4 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 5 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 62 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 19 yoshda.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 468 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 500 nafarga yetdi.

Samarqand viloyatida 15 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning barchasi Samarqandan viloyatidan (10 nafari Toyloq tumani, 2 nafari Oqdaryo tumanidan, Poyariq, Postdarg‘om tumanlari va Samarqand shahridan 1 nafardan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning eng yoshi kattasi 65 yoshda, yoshi kichigi esa 2020 yilda tug‘ilgan chaqaloq.

Viloyatda shu paytga qadar 37 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 52 nafarga yetdi.

Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1624 nafarga yetdi.