Buxoroda 5 nafar, Xorazmda 3 nafar va Farg‘onada 4 nafar koronavirus bemorlari to‘liq tuzaldi.

Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan yana 5 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning barchasi charter reys orqali Turkiyadan Buxoroga kelishgan bo‘lib, «Sitorai Mohi Xosa» sanatoriysida karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Bemorlarning 1 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ulardan 3 nafari poytaxtimizdan, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridan esa 1 nafarni tashkil etadi. Ular orasida eng yoshi kattasi 54 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 22 yoshda.

Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytga qadar 39 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 44 nafarga yetdi.

Xorazm viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida yana uch nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning barchasi charter reys orqali Rossiyadan Xorazmga olib kelingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Ularning uchchalasi ham erkak bo‘lib, Buxoro, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatidan. Bemorlar 61, 47 va 29 yoshda

Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytga qadar 3 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 6 nafarga yetdi.

Farg‘ona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan ham koronavirus infeksiyasiga chalingan 4 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning uch nafari (ikki nafari Toshkent shahridan, bir nafari esa Andijon viloyatidan) charter reys orqali Turkiyadan Farg‘onaga kelgan bo‘lib, Oltiariq faxriylar sanatoriysida karantinga olingan edi. Ularda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Bir nafar farg‘onalik bemor koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirgan. Bemorlarning 3 nafari erkak, bir nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 59 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 22 yoshda.

Farg‘ona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytga qadar 2 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 6 nafarga yetdi.

O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 168 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.