Farg‘ona vodiysida 17 aprel kuni soat 09:34 da zilzila sodir bo‘ldi, uning epitsentri Namangan viloyatining Uychi tumani hududida bo‘lgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazining xabar berishicha, epitsentrda zilzila kuchi 4, chuqurligi 10 km bo‘lgan.

Namanganda yer silkinishlari 4 ballni, Andijon va Farg‘onada 2 ballni tashkil etdi.