Markaziy bankning asosiy stavkasi 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 15 foiz darajasida belgilandi. Bu haqda markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu qaror Markaziy bank Boshqaruvining 14 apreldagi navbatdan tashqari yig‘ilishida qabul qilingan.