Senator Berni Sanders AQSH prezidentligiga demokratlar partiyasidan nomzodini surish uchun kurashni tark etdi. Bu haqda The New York Times nashriyoti xabar bermoqda.

Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzodlarni saylash jarayonida Barak Obama davrida vitse-prezident bo‘lgan Jo Bayden qoldi. Mart oyida Michigan va Florida shtatlarida kam ovoz olgan Berni Sanders Jo Baydendan umumiy hisobda 300 ovozga ortda borayotgan edi.

So‘nggi vaqtlarda Berni Sanders demokratlar partiyasi vakillari tomonidan praymeriz saylovlarini tark etib, Jo Baydenni qo‘llab-quvvatlashga chorlangan edi.

Endilikda Jo Bayden noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan AQSH prezidentligiga saylovlarda Donald Trampning raqibi bo‘lishi kutilmoqda. Jo Bayden o‘z saylovoldi kampaniyasi uchun vitse-prezident nomzodini ham qidirishni boshlab yuborgan.