7 aprel kuni Forbes jurnali dunyo bo‘ylab 2020 yilning eng boy insonlarini e’lon qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, birinchi o‘rinni uchinchi yil ketma-ket Amazon asoschisi Jeff Bezos egallab kelmoqda. Uning boyligi 113 milliard dollarga baholanmoqda (yil davomida uning boyligi 18 milliard dollarga kamaygan).

Ikkinchi o‘rinda Microsoft asoschisi Bill Geyts (98 milliard dollar). Yil davomida uning boyligi 1,5 milliard dollarga oshdi.

«Louis Vuitton Moët Hennessy» prezidenti Bernard Arno 76 milliard dollar bilan uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Berkshire Hathaway bosh direktori Uorren Baffet esa to‘rtinchi o‘ringa tushib ketdi. Uning boyligi 2019 yilga nisbatan 15 milliard dollarga kamayib umumiy hajmda 67,5 milliard dollarni tashkil etmoqda.

O‘tgan yilgi reyting bilan taqqoslaganda, boshqa o‘zgarishlar ham ro‘y berdi.

Xususan, kuchli o‘nlikdan Grupo Carso rahbari Karlos Slim, Bloomberg LP rahbari Maykl Blumberg va Google asoschilaridan biri Larri Peyj joy olishmadi. Ular o‘rniga Walmart chakana savdosining asoschilari bo‘lgan Uolton oilasining uchta vakili kirishdi.

Umuman olganda, birinchi o‘ntalik quyidagicha (milliard AQSH dollarida):

Ismi
Yoshi
Kompaniya
Davlat
Boyligi
O‘tgan yilga nisbatan o‘zgarish
Jeff Bezos
56
Amazon
AQSH
113
-18
Bill Geyts
64
Microsoft
AQSH
98
+1,5
Bernar Arno
71
LVMH
Fransiya
76
-
Uorren Baffet
89
Berkshire Hathaway
AQSH
67,5
-15
Larri Ellison
75
Oracle
AQSH
59
-3,5
Amansio Ortego
84
Zara
Ispaniya
55,1
-7,6
Mark Sukerberg
35
Facebook
AQSH
54,7
-7,6
Djim Uolton
71
Walmart
AQSH
54,6
+10
Elis Uolton
71
Walmart
AQSH
54,4
+10
Rob Uolton
76
Walmart
AQSH
54,1
+9,8