O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi tadbirlar, jumladan 7 aprelda o‘tkazilishi rejalashtirilgan hukumat soati vaqtincha bekor qilindi. Ushbu qaror koronavirus infeksiyasi profilaktikasi doirasida qabul qilindi, deya xabar berdi parlament quyi palatasi matbuot xizmati.

Bunda deputatlar o‘z faoliyatini davom ettirmoqda, deya qayd etdi Qonunchilik palatasi. Siyosiy partiyalar fraksiyalari va quyi palata qo‘mitalarida, jumladan Telegram-guruhlarida qonun loyihalari loyihalari muhokamalari davom etmoqda.

Har bitta fraksiyadan deputat imzosi bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vaziriga deputat so‘rovi jo‘natilmoqda. Ayni paytda quyi palataga kelib tushayotgan ko‘plab murojaatlar asosida vazirlikka savollar yo‘llanyapti. Xususan, hozirgi vaqtda ko‘p joylarda, ya’ni mehnat faoliyatini olib borayotgan yosh bolasi bor xodimlarga kasallik varaqasi ochilishi tartibi, ularni o‘z hisobidan ta’tilga chiqarib yuborishga yo‘l qo‘ymaslik (ayni paytda bu holat kuzatilayotgani achinarli), shuningdek, yosh bolali ayollarning mehnat huquqlarini himoya qilish, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilayotgani kabi masalalar shular jumlasidan.

Mehnat vazirligining ushbu deputatlik so‘rovlariga javoblari Qonunchilik palatasi saytida e’lon qilinadi.